Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isaeva tomonidan 19-Tim saylov okrugiga qarashli Bunyodkor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
✏️O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, muammoning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar olib borildi.
✅Murojaatda ko‘rsatilgan masalani bartaraf etish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi va ijroga qaratildi.
✔️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.