Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati o‘rganildi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullayevna xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lganligi munosabati bilan, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova belgilangan reja-grafik asosida joriy yilning 25-may kuni 15-«Ziyokor» saylov okrugida joylashgan Bahor mahallasi hududidagi 16-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni fan, sport, san’at va kasb-hunar yo‘nalishlaridagi to‘garaklarga jalb etish holati o‘rganildi. Shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garaklarning ish samaradorligi, o‘quvchilarning qiziqishlari hamda ulardagi ishtirok darajasi tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilar va pedagoglar bilan suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iqtidorini rivojlantirish hamda turli salbiy ta’sirlardan asrashda to‘garaklarning ahamiyati xususida fikr almashildi.

Shu bilan birga, to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar qamrovini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4