Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Orzu mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada qonunosti hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qonunosti hujjatlar ijrosi va mahalla tizimi faoliyati o‘rganildi
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIATI O‘RGANILDI
янв.21
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Lochin mahallasida ko‘kalamzorlashtirish va tomorqachilik ishlari o‘rganildi
Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Deputat qabulida ko‘tarilgan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovichning sayyor qabuli davomida Hayot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uy-joylar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish maqsadida mutasaddi rahbarlar va mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida mazkur manzilga chiqilib, obyektlardagi mavjud holat joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar jarayonida har biri 7 qavatdan iborat bo‘lgan, jami 158 ta xonadonni o‘z ichiga olgan 3 ta turar joy binosi soliq va kredit qarzdorliklari sababli taqiq ostiga olingani, shu bois ular hozirga qadar foydalanishga topshirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, 123 xonadonli 9 qavatli ko‘p qavatli turar joy binosida ham qurilish-montaj ishlari to‘xtab qolgani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida murojaatchilar bilan muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mavjud masalalar har tomonlama muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli vazifa va topshiriqlar belgilandi.

Jumladan, qurilish ishlarini qayta tiklash, huquqiy va moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etish, obyektlarni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish hamda xonadon egalarining qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Mazkur masala ijrosi tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3