Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Qutlimuratova Umida Masharipovna tomonidan o‘zi saylangan hudud — Istiqlol mahallasining Bayram ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlash masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
📝Mazkur deputat so‘rovi natijasida murojaatda ko‘tarilgan masala mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilib, Bayram ko‘chasida ta’mirlash ishlari boshlandi. Natijada mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammoning ijobiy hal etilishiga erishildi.
✅Shuningdek, deputat so‘rovini tayyorlash va yuborish jarayonida hamda masalaning ijobiy yechim topishida Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Vaisov Mash’al Islomovich va Kotibiyat bosh mutaxassisi Jumaniyozov Xazratbek Raxmanovich tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
📁Mazkur ishlar fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida olib borilayotgan