Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida

🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati M. Ochilov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Qovchin mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida hududda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati e’tibor markazida bo‘ldi. Zero, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish mahallaning ozodaligini ta’minlash, atrof-muhitni asrash va aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.
🔺Deputat M. Ochilov ushbu yo‘nalishda xizmatlar sifatini oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
🔺O‘rganish natijalari asosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini yaxshilash va hududda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari belgilandi.
🔺Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va obod mahalla yo‘lida!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6