Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va g‘ururimiz timsoli!

Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi, bebaho qadriyatlari va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan muqaddas boyligimizdir. Ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan ona tilimiz xalqimizning qalbi, tafakkuri va ma’naviy dunyosini namoyon etuvchi bebaho ne’mat hisoblanadi.

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bugun ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish, uning sofligini saqlash, boy imkoniyatlarini keng namoyon etish hamda kelajak avlodga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.

Ayniqsa, davlat tilining qonuniy maqomini mustahkamlash, ish yuritish va hujjatlar tayyorlashda adabiy til me’yorlariga rioya etish, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Zero, tilga e’tibor — millatga e’tibor, ona tiliga hurmat esa Vatanga bo‘lgan muhabbatning yorqin ifodasidir.

Shu qutlug‘ bayramda barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz. Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning jozibasi va boyligi dunyo miqyosida keng tarannum etilaversin!

Ona tilimiz doimo ardoqda, qadrimiz va g‘ururimiz esa hamisha yuksak bo‘lsin!

🎉 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt