Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Deputatlik maqomi va mas’uliyati — doimiy e’tiborda
янв.21
BOLA HUQUQLARI — DOIMIY E’TIBORDA!
янв.21
🔰Sessiyaga kiritiladigan masalalar qoida tariqasida joyiga chiqib oʻrganildi
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰22-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida
янв.21
🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi – deputatlik nazorati natijasi
янв.21
➡️ALЕLI QISHLOG‘IDA ICHKI YO‘L SHAĞALLASHTIRILDI
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🏦Murojaat deputat nazoratida
янв.21
O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligi: taraqqiyot sari mushtarak qadamlar
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” MFY hududida bolalar sport maydonchasini qurish masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Fuqarolar murojaati asosida “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar oldida barpo etilayotgan workout sport maydonchasining qurilish jarayoni hamda mazkur loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, zamonaviy sport maydonchasi fuqarolarning tashabbusi va faolligi asosida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida moliyalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

️Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan loyihaning huquqiy va tashkiliy jihatlari, uni amalga oshirishga mas’ul ijrochi tashkilotlarning vazifalari hamda qurilish ishlarini davom ettirish bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritildi.

️Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi