Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi – deputatlik nazorati natijasi

🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi – deputatlik nazorati natijasi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Hidirova tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan deputatlik nazorati natijasida Bo‘ribog‘i qishlog‘idagi eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish choralari ko‘riladigan bo‘ldi.
👉Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda qishloq hududidagi eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, elektr tarmoqlarining xavfsizligi va barqaror ishlashini ta’minlash zarurligiga e’tibor qaratildi.
👉Mutasaddi tashkilot tomonidan murojaat o‘rganilib, mavjud muammoni bartaraf etish hamda eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
👉Bu kabi amaliy ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini hal etishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
👉M. Hidirova tomonidan mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2