Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰Deputatlik maqomi va mas’uliyati — doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Sessiyaga kiritiladigan masalalar qoida tariqasida joyiga chiqib oʻrganildi
янв.21
BOLA HUQUQLARI — DOIMIY E’TIBORDA!
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰22-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida
янв.21
🔰Eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi – deputatlik nazorati natijasi
янв.21
➡️ALЕLI QISHLOG‘IDA ICHKI YO‘L SHAĞALLASHTIRILDI
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🏦Murojaat deputat nazoratida
янв.21
O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligi: taraqqiyot sari mushtarak qadamlar
Saylovchilar fikri — Kengash sessiyasi muhokamalarida

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining 6-“Duoba” saylov okrugidan saylangan deputat Qorakulov Ravshan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov hamrohligida tasdiqlangan reja-jadval asosida “Anorzor”, “Duoba” va “Yakkatol” mahallalarida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda aholi murojaatlari bilan bir qatorda, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar ham saylovchilar bilan muhokama qilindi.

Jumladan, tumanda sog‘liqni saqlash, tez tibbiy yordam va kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish holati yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti bo‘yicha aholining fikr-mulohazalari, taklif va e’tirozlari o‘rganildi.

Deputat uchrashuvlarda aholiga sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar hamda mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari mazmun-mohiyatini tushuntirib, ularning joylardagi real holat yuzasidan fikrlarini qayd etib bordi.

Shuningdek, mahallalardagi ichki ko‘chalarni asfaltlash, elektr-energiya ta’minoti, ijtimoiy himoya, ichimlik va oqava suvlartarmog‘ini yaxshilash  kabi dolzarb masalalar ham ko‘tarildi. Murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborish va ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Mazkur uchrashuvda:
36 nafar fuqaro bilan muloqot qilindi;
15 ta murojaat va taklif o‘rganildi;
9 ta masala ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi;
1 ta masala deputatlik nazoratiga olindi;
10 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushintirishlar berildi.

Eng muhimi, o‘rganilgan taklif va e’tirozlar tegishli doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalarida muhokama qilish uchun kiritiladi.

Slide 1 of 9