Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova hamda kotibiyat mudiri I.Xolovlar tumandagi “Jamiyat” mahallasida bo‘lib, hududda joylashgan “Istiqlol” sport kompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✔️O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur sport kompleksi 2016 yilda tumandagi 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansiga berilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Bu esa inshootning bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolishiga sabab bo‘lgan.
✔️Shuningdek, yuzlab yoshlar va sport ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatayotgan ushbu maskanda sport inventarlari yetishmovchiligi ham mavjudligi aniqlandi.
✔️Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sport kompleksida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda zarur sport jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berdilar.