Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tumandagi “Jamiyat” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli R.Ergashevaning mehnat faoliyati o‘rganilib, hisoboti tinglandi.
✔️Uchrashuv davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ijobiy natijalar joyiga chiqib o‘rganilib, amaliy ishlarga baho berildi.
✔️Muloqot davomida mavjud muammolar ham ko‘tarilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Bu kabi uchrashuvlar aholi farovonligini oshirish va xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.