Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Deputatlar muammolarni joyida o‘rgandi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining doimiy komissiya raisi B.Toshpo‘latov hamda shahar Kengashi deputati N.Xosilmurodovlar tomonidan 3-“Ittifoq” saylov okrugi hududida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida sanitariya-gigiyena shoxobchasi (umumiy hojatxona) holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

▫️17-sonli maktabining sanitariya-gigiyena shoxobchasi (umumiy hojatxona) eng birlamchi ehtiyoj hisoblangan ichki suv tizimi ishlamayapti (ichkariga suv kirmagan).

▫️Viloyat Endokrinologiya shifoxonasining sanitariya-gigiyena shoxobchasi (umumiy hojatxona) tizimli ravishda nosozliklar yuzaga kelayotgan kanalizatsiya tarmog‘ida muammolar borligi maʼlum bo‘ldi.

Aniqlangan mazkur holatlar yuzasidan masʼul tashkilotlarga qisqa muddatda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mazkur muammolarning yechimi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4