Жаңалықлар

🔰Jamoat transporti tizimi deputat nazoratiga olindi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati V.Isakov hamda masʼul tashkilot xodimlari ishtirokida hududdagi jamoat transporti tizimi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta‘minlash borasida Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan ishlar qat‘iy nazoratga olindi.

🔸O‘rganishlar davomida transport vositalarining harakatlanish jadvallari, oraliq intervallar, yo‘nalishlardagi mavjud muammolar va aholining haqli e‘tirozlariga sabab bo‘layotgan kamchiliklar tahlil qilindi. 

🔸Deputat va mutaxassislar hamkorligida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi uchun transport qatnovini yana-da qulaylashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 3