Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltinda mosh eksporti hajmi ortmoqda

“Boyovut tajribasi” asosida Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifa ya’ni Oqoltin tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mosh eksporti orqali xalqaro hamkorlik kengayib, hududning eksport salohiyati yuksalmoqda.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati - Oqoltin tumani hokimi “Oqoltin Green Gold Export” MCHJda bo‘lib, korxonada mahsulotlarni qayta ishlash, saralash va eksportga tayyorlash jarayonlari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi.

Korxona hamda Xitoy Xalq Respublikasi vakillari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida mosh eksporti bo‘yicha qiymati 6 million AQSH dollariga teng kelishuvga erishilgan.
Ayni paytda korxonada 25 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kuniga 80–100 tonna dukkakli mahsulotlar qayta ishlanmoqda

Slide 1 of 5