Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyevaning topshirig‘iga asosan Bo‘stonliq tumani “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Rismatovaning murojaati tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov, viloyat Kengashi deputati G.Abdullayeva tomonlaridan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “mahalla yettiligi” a’zolari, tegishli bo‘linma rahbarlari va oilaviy shifokorlik punkti shifokori ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan muammolar, ularning ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Murojaatlarda, asosan, tibbiy yordam ko‘rsatish, moddiy yordam ajratish, imtiyozli kredit olish hamda “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritish masalalari ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan fuqaroning real ehtiyojlarini aniqlash, ularning muammolariga qonunchilikda belgilangan tartibda yechim topish va zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi ta’kidlandi.

🔵Xususan, tibbiy yordam ko‘rsatish va moddiy yordam ajratish masalalariga tegishli mas’ullar tomonidan xulosa berilishi, fuqaro oilasining ijtimoiy holatini to‘g‘ri baholash, imtiyozli kredit olishda mavjud imkoniyatlar va belgilangan tartiblar yuzasidan tushuntirish berish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rildi.

🔵O‘rganish yakunida barcha tegishli mas’ullarga murojaat bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borish va fuqarolarga qonunchilik doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4