Asosiy maqsad — deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligini oshirish va aholi muammolarini tizimli hal etish.
Uchrashuvlar — deputatlar saylovchilari bilan yiliga kamida 4 marta uchrashib, o‘z faoliyati haqida axborot beradi.
Ogohlantirish tartibi — mahalla fuqarolar yig‘ini kamida 7 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi, aholiga esa uchrashuvdan kamida 3 kun oldin e’lon beriladi.
Muammolarni hal qilish — uchrashuv bayonnomasi rasmiylashtiriladi, muammolar chora-tadbirlar rejasiga kiritiladi va Kengash sessiyasida muhokama qilinadi.
Deputatlik nazorati — qabul qilingan qarorlar ijrosi mas’ul komissiyalar va deputatlar tomonidan nazorat qilinadi.
Ochiqlik — uchrashuvlar haqidagi axborot rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mahalliy gazeta orqali yoritib boriladi.