Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasidagi aholining tomorqa ekinlari va fermer xo‘jaliklari yerlarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan irrigatsiya tarmog‘ining holati tuman “Suv yetkazib berish” DM xodimlari va aholi ishtirokida o‘rganildi.
🔵O‘rganish davomida sug‘orish tarmoqlarining holati, ularni toza va soz saqlash, suvning belgilangan manzillarga uzluksiz yetib borishini ta’minlash hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish natijasida irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, tartibga keltirish va ayrim qismlarini betonlash zarurligi qayd etildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish suvning oqimini yaxshilash, sug‘orish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni kamaytirish hamda tarmoqlardan samarali foydalanish uchun muhim hisoblanadi.
🔵Ayniqsa, irrigatsiya tarmoqlarini o‘z vaqtida tozalash va ularda suv oqimiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning oldini olish sug‘orish ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Tarmoqlarning ayrim qismlarini betonlash esa ularning mustahkamligini oshirish, suvning sizib ketishini kamaytirish va infratuzilmaning uzoq muddat xizmat qilishiga ko‘maklashadi. O‘rganish yakunida mas’ullarga irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, ularning atrofini tartibga keltirish, betonlash talab etiladigan qismlarni aniqlash hamda ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔵Shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini muntazam nazorat qilib borish, ularni soz holatda saqlash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlarni izchil tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.