Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Malikobod mahallasida aholi bandligi o‘rganildi

Malikobod mahallasida aholi bandligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘. Safarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Sodiqov hamda tuman Ekologiya partiyasi Kengashi raisi G. Rahmatova tomonidan Malikobod mahallasida aholi bandligi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning bandligi, ish bilan ta’minlanish darajasi hamda mavjud muammolar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-539, 2019-yil 21-may)ning mazmun-mohiyati tushuntirilib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning afzalliklari hamda energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4