Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati yuzasidan shakllantirilgan ma’lumotlar, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha manzilli yondashuvni takomillashtirish, ehtiyojmand oilalar bilan tizimli ishlash hamda davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2