Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari G.Qorayeva, Y.Berdiyarov, D.Egamqulova, K.Xakimova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘RQ-406-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida hududdagi yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 5