#doimiy_komissiya_bayoni
2026-yil 15-iyul kuni Kogon shahrida ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalariga bag‘ishlangan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda yoshlar siyosati, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘liqni saqlash holati hamda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi vakili U.Elmurodov yoshlar bilan ishlash, ularni sport, madaniyat va intellektual loyihalarga jalb etish borasidagi ishlar haqida axborot berdi. “Yoshlar oyligi” va “Yoshlar kuni” doirasida festival, sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari va boshqa loyihalarni o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni zararli ta’sirlardan himoya qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash