Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🧵MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA TASHABBUSLAR BILAN YAQINDAN TANISHILDI👇👇👇

15-“Soshtepa” saylov okrugi deputati Yem Alexandr tomonidan mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar bilan tanishildi.

➡️O‘rganish jarayonida mahallada tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi o‘quv-amaliy markazi imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda oilalar daromadini oshirish masalalari yuzasidan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

👍Ta’kidlanganidek, bunday loyihalarni amalga oshirish mahalladagi xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

✅Bildirilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3