Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul davomida aholi tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.
🔺Fuqarolar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va kadastr masalalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildilar.
🔺Qabul jarayonida har bir murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy hal qilinib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosini nazoratga olish belgilandi.