Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining O‘TTIZ UCHINCHI SESSIYASI boʻlib oʻtdi.

Kun tartibida:
Bo‘stonliq tumani budjeti daromadlarining 2026-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar yuzasidan tuman hokimligining takliflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
Boʻstonliq tumanida 2026-yil mavsumi uchun ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalaridan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan taklifni tasdiqlash toʻgʻrisida;
Bo‘stonliq tumanida ma’muriy-hududiy birliklarni tuzish to‘g‘risida;
Bo‘stonliq tumani mahallalari va ta’lim muassasalaridagi yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalalar koʻrib chiqildi.

🔺Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar imzolandi.

Slide 1 of 9