Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Mening bogʻim” loyihasi amalga oshiriladigan hudud o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanda 2026-yil mavsumi uchun ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalaridan “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlgan taklifni amalga oshirish uchun tanlangan hudud o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tanlangan hudud maydoni 0,80 gektardan iborat ekanligi, “Yoshlik” mahalla fuqarolar binosining yonida joylashganligi, hozirda mahalliy aholi tomonidan ushbu yerdan samarali foydalanish maqsadida makkajo‘xori ekini ekilganligi, hudud yaqinida barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari mavjudligi aniqlandi.

🔺Ushbu masala xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan, respublika budjetining 250 mln. so‘m miqdordagi mablag‘lari hisobidan “Mening bogʻim” loyihasi doirasida “yashil jamoat parki” barpo etilishi belgilangan.

Slide 1 of 4