⌛ O‘rganish davomida kotibiyatning ish yuritish jarayonlari, deputatlar va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, shuningdek, e-Kengash.uz platformasidan foydalanish holati tahlil qilindi.
🕸 Platforma orqali sessiya va doimiy komissiya yig‘ilishlari materiallarini joylashtirish, qarorlar ijrosini nazorat qilish hamda deputatlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Yakunda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kotibiyat faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.