Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, soliq intizomini mustahkamlash hamda iqtisodiy faollikni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 3