Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanning “Pargos” mahallasi xotin-qizlar faoli J.Nosirova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan o‘rganildi.
🔵O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🔵Deputat tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularning kasb-hunarga qiziqishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta’minlash va muammolarini bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔵Muloqot davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish, yosh kelin-qizlarni hayotga tayyorlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
🔵O‘rganish yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi