Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Zarbdorda 9-may — Xotira va qadrlash kuni tantanali nishonlandi

Zarbdor tumanidagi Xotira xiyobonida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi, jamoat tashkilotlari vakillari va nuroniylar ishtirok etib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Tadbirda xalqimiz ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yod etilib, faxriylarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. Deputatlar va keng jamoatchilik vakillari o‘tganlar jasorati yoshlar uchun vatanparvarlik maktabi ekanini ta’kidladilar.

Slide 1 of 4