Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

⚡️Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlik masalalari diqqat markazida!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tumandagi 15-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish maqsadida:
🔥 yong‘in xavfsizligi ⚡️ elektr xavfsizligi 🩺 sanitariya holati 🛡 umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tuman elektr tarmoqlari tashkiloti hamda DSEOM mutaxassislari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus savolnoma asosida tahlil ishlarini amalga oshirdilar.

Siz ham jamiyatimiz rivojiga befarq emassizmi? Unda bizni kuzatib boring!
Bolalar xavfsizligi — eng ustuvor vazifa! 👧🧒

Slide 1 of 14