Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

2-DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Guliston shahar “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nigoroy Rustamova hamda partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari N. Saparova ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan umumiy shart-sharoitlar, guruh xonalarining jihozlanishi, bolalar uchun yaratilgan gigiyenik va xavfsizlik talablari, shuningdek, ovqatlanish jarayonining tashkil etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularni saqlash tartibi hamda maxsus omborxonalarning sanitariya holati alohida nazoratdan o‘tkazildi. Mas’ullar bilan suhbat jarayonida mahsulotlarning saqlanish sharoitlarini yanada yaxshilash, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish hamda bolalar ovqatlanishi xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish davomida tashkilotda olib borilayotgan ishlar ijobiy baholanib, shu bilan birga ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklarni bartaraf etish va sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Yakunida bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan muhitni yanada takomillashtirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini doimiy nazoratda ushlab turish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2