Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati F.Axmedov tumanning “Sijjak” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar deputat nazoratiga olindi.

🔹Fuqarolar qabulining o‘tkazilishi aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2