Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida tumanning “Markaziy” mahallasidagi Marmar ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oraliqlaridagi bolalar maydonchalari holatlari fuqaro murojaati asosida o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida bolalar maydonchalaridagi o‘yin jihozlarining texnik holati, ularning xavfsizligi, hududning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, yoritish tizimi hamda atrof muhitning saqlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Ayrim maydonchalarda o‘yin qurilmalarining eskirgani, ayrim qismlari ta’mirtalab ahvolga kelgani, bo‘yash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagani, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Bu kabi kamchiliklar bolalarning xavfsizligi va qulay dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
🔺Aniqlangan holatlar yuzasidan tumanda faoliyat olib borayotgan mas’ul “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga shaxsan murojaat qilinib, bolalar maydonchalarini qisqa muddatlarda ta’mirlash, nosoz o‘yin jihozlarini tiklash, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda doimiy texnik nazoratni yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga hududda joylashgan ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. O‘rganish yakuni bilan deputat yon daftariga qayd etilgan muammo yuzasidan mas’ul rahbarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.