Deputat tomonidan koʻtarilgan masala ijobiy yechim topdi.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati B.Qorajonov deputatlik soʻrovida Moltop mahallasidagi aholi tomonidan koʻtarilgan elektr energiyasini sifatli yetkazib berish boʻyicha muammoni bartaraf etish yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Gʻallaorol tumani filialiga soʻrov yuborgan edi. Natijada qoʻshimcha dastur shakllantirildi va hududga 1.7 km masofada tarmoq tortish belgilandi. Hozirda loyihalash ishlari olib borilmoqda.