Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Gʻallaorol tumanida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Gʻallaorol tumanida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Gʻallaorol tumanida xalq deputatlari Kengashining doimiy komissiyalari qoʻshma yigʻilishi tashkil etildi. Tadbirda ijtimoiy soha, maktabgacha va maktab taʼlimi, shuningdek, taʼlim muassasalarida davlat-xususiy sherikchilik asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilishda soha mutaxassislari va deputatlar tomonidan taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim sifatini oshirish, shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik loyihalarida xizmat koʻrsatish darajasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Deputatlar va ekspertlar taʼlim tizimidagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Slide 1 of 4