🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘iniga hokim yordamchisi faoliyati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Abdixayomova tomonidan o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida mahallada ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
🔷Shu bilan birga, mahalla raisi bilan mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, mahallani obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashildi.