Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning xulosalari komissiya raisi Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan o‘qib eshittirildi.
Ta’kidlanganidek, kun tartibiga kiritilgan masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tartibda ko‘rib chiqilib, har tomonlama muhokama etilgan hamda ularni Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb topilgan.
Shuningdek, har bir masala yuzasidan tegishli xulosa, tavsiya va qaror loyihalari ishlab chiqilib, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining sessiyasi muhokamasiga kiritilgani qayd etildi.