🏛 Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari va jihozlar topshirildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi va qat’iy nazorati ostida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Ehtiyojmand oilalar farzandlarining sifatli ta’lim olishlari hamda qulay shart-sharoitlarda bilim egallashlarini ta’minlash maqsadida ularga zarur o‘quv qurollari va maxsus stol-stul jamlanmalari topshirildi.
Aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun munosib sharoit yaratish borasidagi bu kabi tizimli ishlar tuman Kengashi raisi hamda deputatlar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.