📌 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining joriy haftadagi ish rejasi:
🔹 Infratuzilma: “Bog‘ishamol” MFYda piyodalar yo‘lakchasi, tuman mahallalarida esa asfaltlashtirish ishlarining sifati deputatlar nazoratiga olinadi.
🔹 Tibbiyot: “O‘smat” MFYda Tez tibbiy yordam binosining qurilish jarayoni o‘rganiladi.
🔹 Muammolar tahlili: “24 talik tavsiyalar” asosida joylardagi kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘riladi.
🔹 Xalq bilan muloqot: Fuqarolar qabuli o‘tkaziladi va saylovchilar murojaatlari ko‘rib chiqiladi.
🔹 Tahlil: Hafta yakunida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, keyingi hafta rejasi tuziladi.