Nurafshon shahrida aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar doimiy nazoratda.
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining deputat Ekalogiya partiyasi a'zosi D.Safarova hamda Yoshlar maslahati guruhi rahbari I.Omanboyev tomonidan mahallalardagi sport ob’ektlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Sport inshootlarining aholi va bolalar uchun ochiqligi va xavfsizligi;
🔹 Mavjud sport anjomlarining yaroqlilik darajasi va saqlanish holati;
🔹 Sport maydonchalarining tungi yoritish tizimlari va tozaligi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ma’naviy eshirgan sport maydonchalarini ta’mirlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.