Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
⚡️ Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Hudud obodligi yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
162 ta Qonun ijrosi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasiga olib kelingan yangi beton ustunlarning sifati, texnik holati va talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan yoshlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Aholi manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda!
янв.21
Baxmal tuman Kengashi kotibiyati: Yangi haftada yangi vazifalar
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining joriy haftadagi ish rejasi belgilab olindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
#24_ta_masala
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov ishtirokida Tug‘onboshi ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Yusupovaning uy-joyni ta’mirlash masalasi yuzasidan yo‘llagan murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonini tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari hamda mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlar joyida tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning sifatli va o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3