Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan hududdagi “Qayilma” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim D. Sodiqovaning aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatayotgan xizmatlari, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari tahlil qilindi. Xususan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar o‘rganildi.O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar doirasida 1 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta xonadonga kiyim-kechak yetkazib berilgani, shuningdek, 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro kambag‘al oilalar reyestriga kiritilib, ularning davolanishi uchun rozilik xatlari rasmiylashtirilganligi aytib o‘tildi.Bundan tashqari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 nafar fuqaroning jarrohlik amaliyoti uchun zarur mablag‘ ajratilgan. Yana 1 nafar fuqaro davlat ta’minotidagi oilalar ro‘yxatiga kiritilib, uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha ehtiyojidan kelib chiqib tegishli
rozilik xati shakllantirilgan. Shuningdek, 3 nafar fuqaroga psixologik xizmat ko‘rsatilgani qayd etildi.Yakunda deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3