Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna hamda deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Istiqbol” MFY hududida joylashgan “Milliy Medical” tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi.Nazorat tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida, sifatli va amaldagi talablarga muvofiq tashkil etilganini baholashdan iborat bo‘ldi. O‘rganish davomida muassasada ambulator xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda bemorlar uchun
yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning xizmatlardan qoniqish darajasi va taklif-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati yuzasidan tegishli xulosalar chiqarildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, “Milliy Medical” tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar bugungi kun talablariga mos ekani, zamonaviy tibbiy xizmatlarni tashkil etish uchun zarur imkoniyatlar mavjudligi hamda aholiga sifatli va qulay tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Deputatlar tomonidan bu kabi jamoatchilik nazorati tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5