Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi sessiyasida kun tartibidagi muhim masala — "Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining doimiy komissiyalari shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"**gi qaror loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kotibiyat mudiri B.Amanov tomonidan taqdim etilgan ushbu qaror loyihasi xalq vakillari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Yangi o‘zgarishlar doimiy komissiyalar faoliyatini yanada jonlantirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududdagi muammolarni hal etishda xalq vakillarining mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.