Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani ixtisoslashtirilgan maktabida AJOU Koreya xalqaro universiteti vakillari — rektor hamda professor-o‘qituvchilar, shuningdek Kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman deputatlari Z.Alimov va E.Erkaboyevlar ishtirokida o‘quvchilar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro tajriba asosida bilim berish usullari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Mazkur seminar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar va ta’lim imkoniyatlariga yo‘naltirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4