Baxmal tumanida yangi bog‘cha binosi qurilmoqda
Jizzax viloyati Baxmal tumani “Do‘stlik” MFY hududidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun yangi bino qurish ishlari qizg‘in pallada.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Amanov mazkur ob’ektda bo‘lib, qurilish jarayonlarini joyida o‘rgandi.
Ma’lumot o‘rnida:
🔹 Loyiha qiymati: 6,6 mlrd so‘mdan ziyod.
🔹 Ijrochi: “Sharq Kinovideo” MCHJ.
🔹 Muddati: Qurilish ishlari 180 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Deputat o‘rganish davomida qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Zero, sifatli qurilgan bog‘cha – farzandlarimiz kelajagi uchun poydevordir.