Ushbu hafta davomida Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi o‘zining doimiy faoliyatini davom ettirib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti,
mahallalardagi dolzarb muammolar va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlarni amalga oshirdi.
Deputatlar mahallalarda bo‘lib, fuqarolar bilan muloqot qildi, mahalla yettiligi faoliyati, bozorlardagi narx-navolarning holatini nazorat qildi hamda kelgusidagi rejalarga oid taklif va tavsiyalar berdi.