Kengash raisi va tuman hokimi fuqarolar muammolarini birgalikda o‘rganmoqda
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "21-Tinchlikobod" saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, Kengash raisi Jafar Ismanov hamda tuman hokimi, "16-Algoritm" okrugi deputati Bunyod Mamadjanov tomonidan Tinchlikobod mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
📁 Qabul davomida fuqarolar — Sabirova Aziza Abdushukurovna (23-51-26 manzil) hamda Klopetskaya Oksana Aleksandrovna (23-50-9 manzil) tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
💬 Xususan, suhbat jarayonida bola puli tayinlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda mahallaga mahalla raisini saylash masalalari muhokama qilindi. Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
🇺🇿 Mazkur qabulda tuman IIO FMB boshlig‘i Akmal Baxramov ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi va muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
🗂 Ko‘tarilgan masalalar tuman hokimi nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.
🔼 Kengash raisi hamda tuman hokimining sayyor qabullari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.