Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 16-okrug deputati Rasul Jumayev, kotibiyat mudiri O.Toirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ashirmatovlar, mahalla raisi A.Raupxodjayev ishtirokida “Fayzobod” mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi tizimi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi yo‘llarning texnik holati, ta’mirtalab uchastkalar, shuningdek, yoritish tizimidagi mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasining eskirgani hamda tungi yoritish yetarli darajada emasligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6