“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi hamda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Sharafutdinova homiyligida Termiz shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi boyitildi.
💬Maktab kutubxonasiga o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi 120 ta sara badiiy kitoblar va qimmatli ensiklopediyalar to‘plami topshirildi.
✔️Ushbu tashabbus yoshlar uchun nafaqat sifatli ta’lim muhitini yaratish, balki ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Zero, kitob o‘qigan avlod yurtning ertangi yuksalishiga poydevor bo‘ladi.
💬 "Yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehri bizni har doim qo‘llab-quvvatlashga undaydi. Kutubxonaga topshirilgan bu kitoblar o‘quvchilarning bilim cho‘qqilarini zabt etishida mayoq bo‘lishiga ishonaman," — ta’kidladi deputat O.Sharafutdinova.